10:33 / 02.07.2017
4 598

Mashhur tennischi o‘lim bilan tugagan YTHda ayblanmoqda

Mashhur tennischi o‘lim bilan tugagan YTHda ayblanmoqda
Mashhur amerikalik ayol tennischi Vinus Uilyams uning ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan 78 yoshli erkakning oilasi va yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi. Uilyams o‘z hamdardlik so‘zlarini Facebook orqali bildirdi.

"Men avariyadan keyin tushkun holatdaman va qayg‘udan ado bo‘ldim. Men chin yurakdan Jerom Barson oilasi va do‘stlariga hamdardligimni bildiraman va ular haqiga duoda bo‘lib, ular haqida o‘ylamoqdaman", deyilgan xabarda.

Guvohlar ma’lumotlariga ko‘ra, mashhur tennischi Serena Uilyamsning opasi Vinus Toyota Sequoia mashinasida svetoforning qizil chirog‘ida chorrahaga chiqib ketgan. Oqibatda uning mashinasiga 78 yoshli Barson bo‘lgan Hyundai Accent mashinasi kelib urilgan. Mashinani erkakning rafiqasi Linda Barson boshqargan. Erkak 2 hafta o‘tgach, olingan jarohatlardan shifoxonada halok bo‘lgan. Vinusning o‘ziga hech narsa qilmagan.

Sportchining advokati uning aybsiz ekanligini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, Vinus yo‘l harakati qoidasini buzmagan holda chorrahaga yashil chiroqda 8 km/soat tezlik bilan chiqqan. Ma’lum qilinishicha, marhumning oilasi Uilyams ustidan sudga ariza bergan. Florida polisiyasi ushbu hodisani tergov qilishda davom etmoqda.

37 yoshli Vinus Uilyams "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi musobaqalarning etti karra g‘olibasi hisoblanadi. U, shuningdek, Olimpiya o‘yinlarining oltin medallarini 4 marta, jumladan 3 marta singlisi Serena bilan juftlikda qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur tennischi o‘lim bilan tugagan YTHda ayblanmoqda