FIFA prezidenti Janni Infantino o‘z vaqtida rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan samolyotlardan foydalanganlikda ayblagan.
Mail on Sunday nashri bergan xabarga ko‘ra, FIFA rahbari bu kabi samolyotlar xizmatidan Milan va Rimga, Rim papasi bilan uchrashuvga borganda foydalangan. «Bu Rossiya sportiga Usmonovning bevosita aloqadorligini keltirib chiqarib, manfaatdorlar o‘rtasida mojaroni yuzaga keltirishi mumkin», deb yozgan manba.
Qayd qilinishicha, FIFAning bir necha a’zolari Infantinoning bu harakatidan norozi bo‘lib, yozma ravishda shikoyat bilan chiqishgan. Gap shundaki, Infantino tashkilotni shaxsiy samolyotlarda amalga oshiradigan parvozlari haqida ogohlantirmagan. Bu FIFA qoidalarining buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo FIFAning etika qo‘mitasi bu kabi ko‘rsatib o‘tilgan ayblovlar bo‘yicha aniq faktlarni topa olmagan.
FIFAning etika bo‘yicha qo‘mitasi prokurori Robert Torresning qayd etishicha, prezident Rim papasi bilan uchrashish uchun uchgan samolyot Infantinoning do‘sti Leon Semyonenkoga tegishli bo‘lib, u bu samolyotni ikki yil muqaddam Usmonovdan sotib olgandi.
«Semyonenko va Usmonovning aloqalari u qadar yaqin emas. Bu hattoki, «manfaatlar to‘qnashuvi» sifatida o‘rganilishga ham arzimaydi», — deya qayd etib o‘tgan Torres.
«Samolyot 2014 yildan buyon menga tegishli. Men va oilam Janni Infantino bilan bir necha yillardan buyon do‘stmiz. Men unga Milan orqali Rimga uchishni taklif qildim, sababi o‘zim ham maxsus kechada ishtirok etish uchun uchib ketayotgandim. Keyin men Rimda qoldim, uni Jenevaga kuzatib qo‘ydim. Men bu vaziyatni tushuntirish uchun FIFA tergov qo‘mitasiga kamida ikki soat ko‘rsatma berdim», — degan Semyonenko.
Mazkur bayonotlarga qaramasdan, nashr samolyot Infantino undan foydalangan oyda boshqa xo‘jayin qo‘liga o‘tganini bong urmoqda. Layner Kayman orollari davlatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, aslida unga kim egalik qilishi aniq emas.
FIFA mazkur ishni yopganidan keyin, xuddi shu mazmundagi xat tashkilotga kelib tushgan. FIFA vakillaridan birining ta’kidlashicha, agar samolyot Usmonovga tegishli bo‘lgan taqdirda ham, Infantino bu haqda bilmagan va unga nisbatan hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?