An’anami yoki sensasiya? «Arsenal» mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

Angliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan "Arsenal" hamda "Vest Xem" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda 0:2 hisobi qayd etilib, mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab hisobni 43-daqiqada Kuyate ochdi. Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 57-daqiqada Sarate "Vest Xem" ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Bir tomondan bu hisobni ko‘pchilik kutmagandi. Ikkinchi tomondan esa, "Arsenal" ko‘pincha mavsumni omadsiz boshlaydi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.
Go‘yoki "to‘pchilar" takribida hujumchi yo‘qdek. Venger kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirgach, o‘yin surati biroz oshgandek bo‘ldi. Ammo, bu narsa hisobda o‘z aksini topmadi.
Shu tariqa, "Arsenal" ilk turni mag‘lubiyat bilan boshladi.
Angliya chempionati, 1-tur
Arsenal – Vest Xem 0:2
Gollar: 0:1 – 43 Kuyate, 0:2 – 57 Sarate.
Arsenal – Chex, Debyushi (Sanches, 67), Koselni, Mertesaker, Monreal, Kasorla, Koklen (Uolkott, 58), O‘zil, Oksleyd-Chemberlen, Remzi, Jiru.
Vest Xem – Adrian, Rid, Oksford (Nolan, 79), Kressuell, Ogbonna, Tomkins, Kuyate, Nobl, Paye, Sarate (Jarvis, 63), Sako.
Ogohlantirishlar: Nobl (5), Ogbonna (7), Tomkins (37), Monreal (69). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing