Qudratillo Abduqahhorov qay tarzda rossiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi? (VIDEO)

Qudratillo Abduqahhorov qay tarzda rossiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi? (VIDEO)
Yarim o‘rta yengil vazn toifasida professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Qudratillo Abdurahmonov Yekatirinburgdagi boks kechasida ringga chiqdi.

Bungacha 11 ta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan 23 yoshli Qudratilloga ushbu jangda mezbon bokschi Dmitriy Mixaylenko raqiblik qildi.

12 raund davom etgan jangda Qudratillo yaqqol ustunlik qildi va yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra ochkolar bo‘yicha 117-110, 116-111, 116-114 hisoblarida g‘alaba qozondi.

U WBC Silver chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi. Endi vakilimiz o‘z vazn toifasida chempionlik janglarida ishtirok etish uchun yetarli reytingga ega bo‘ldi.
Sportchimizning g‘alabali jangini tomosha qiling:
[media=https://youtu.be/-eC5AXeGdD8]

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar