Xabaringiz bor shu yilning 31 avgust kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Chin yurtining Uxan shahrida Xitoy termasiga qarshi JCh-2018 saralash uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yinning qadri ancha baland.
Olayotgan ma’lumotlarimizga qaraganda, Xitoy termasi o‘zida O‘zbekistonni engmoqchi ekan. Bu haqida raqibimiz bosh murabbiyi Marchello Lippi ham o‘zining chiqishlarida ma’lum qilgan. Xitoy qolgan ikki o‘yinni ham yutmoqchi va imkoniyatlaridan 100% foydalanishni rejalashtirgan.
Terma jamoa futbolchilari ham o‘z navbatida maksimal natija uchun maydonga chiqishlarini aytishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin poytaxt Pekin shahrida bo‘lmaydi. Aksincha, u Uxan shahridagi "Wuhan Sports Center Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdan olayotgan xabarlarimizga ko‘ra, Samvel Babayan ham bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirgan. U har bir futbolchi bilan personal ravishda suhbatlishib chiqmoqchi. Hatto ko‘pchilik o‘yinchilarimizga javob berib yuborishi ham kutilmoqda.
Nima bo‘lgan taqdirda ham hali oldimizda 50 kun vaqt bor. Bemalol bir jamoani katta o‘yinga tayyorash uchun etarli hisoblanadi. Biz juda umid qilardik, buyog‘iga futbolchilar ham ma’suliyatni his qilishsa va maydonda borlarini berishsa.
Uxan shahridagi o‘yinga 40 mingdan ziyod muxlis kelishi kutilayotgan ekan. Shunday ekan, Xitoy o‘z ishqibozlari qarshisida katta kuch bilan harakat qilishi turgan gap.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi