5 305
Wimbledon—2017. Rojer Federer ulkan tojda 19-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu rekord ko‘rsatkich
Mukofot jamg‘armasi 31 million 600 ming funtni tashkil qilgan tennisning katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi Wimbledon—2017 turniri kecha — 16 iyul kuni o‘z yakuniga etdi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Uning finalida xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kortga chiqqan shveysariyalik Rojer Federer uch set natijasiga ko‘ra zafar quchdi — 6:3, 6:1, 6:4. Shu tariqa 35 yoshli Federer karerasi davomida sakkizinchi bor Buyuk Britaniyadagi katta dubulg‘a musobaqasida g‘olib chiqdi.
Rojerning ulkan tojdagi umumiy g‘alabalari soni 19 taga etdi, deb yozdi Rossiyaning «Sport Ekspress» nashri. Bu hozircha rekord ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.
Yil boshida Rojer Federar Australian Open—2017 da ham zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘shanda u ispaniyalik Rafael Nadalni 6:4, 3:6, 6:1, 3:6, 6:3 hisoblarida mag‘lub etgan. Roland Garos—2017 da esa Rafael Nadal shveysariyalik boshqa bir tennischi Sten Vavrinkani taslim qilib, bosh sovringa ega chiqqandi.
Turnirning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida g‘oliblik ispaniyalik Garbine Mugurusaga nasib qildi. Hal qiluvchi finalni amerikalik Vinus Uilyamsga qarshi o‘tkazgan Mugurusa ikki set natijasiga ko‘ra zafar quchdi — 7:5, 7:6.
Ma’lumot uchun, ulkan tojning ayollar o‘rtasidagi birinchi musobaqasi — Australian Open—2017 da amerikalik Serena Uilyams g‘alaba qozongan bo‘lib, finalda u tug‘ishgan opasi Vinusni taslim qilgandi. Roland Garos—2017 finalida esa latviyalik Elena Ostapenko ruminiyalik Simona Halep ustidan zafar quchgandi.
Kecha yakuniga etgan Wimbledon—2017 ning erkaklar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida polshalik Lukash Kubot hamda braziliyalik Marselu Melo g‘olib chiqdi. Ayollar o‘rtasidagi sherikchilikda esa rossiyalik Ekaterina Makarova hamda Elena Vesninaga teng keladigani topilmadi.
Mikst bellashuvlari shveysariyalik Martina Hings hamda britaniyalik Jeymi Marreyning g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?