
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasida debyut qildi.
Chempionatning 3-turida u to‘p suradigan «Rostov» klubi Permda «Amkar» mehmoni bo‘lib, minimal hisobda ustun keldi. Uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan Shomurodov 88-daqiqaga kelib Vladimir Dyadyun o‘rniga maydonga tushirildi.
Bu «Rostov»ning mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Leonid Kuchuk shogirdlari bunga qadar 1 ta durang o‘ynab, yana 1 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi. «Amkar» esa ortda qolgan uch turning barchasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
«Rostov» navbatdagi turni 4 avgust kuni boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi — Vadim Afonin to‘p suradigan «Anji»ga qarshi safarda o‘tkazadi.
Bugun — 30 iyul kuni o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan yana ikki klub ham RPL 3-turida maydonga tushadi. «Anji» Moskvada «Lokomotiv» mehmoni bo‘lsa, Vagiz Galiulinning «Tosno» jamoasi Piterning «Zenit» klubini qabul qiladi.
Rossiya Premer-ligasi
3-tur bellashuvi
30 iyul, yakshanba
«Amkar» — «Rostov» 0:1
Gol: Aleksandr Zuev, 66 (0:1).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar