Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov “Rostov” klubi safida o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazdi.
Aniqrog‘i, rostovliklar bosh murabbiyi Leonid Kuchuk “Amkar”ga qarshi bahsning 88-daqiqasida hamyurtimizni zahiradan maydonga tushirdi.
E’tiborlisi, Eldor maydonda 5 daqiqaga yaqin vaqt davomida harakat qilgan bo‘lsa-da, “Rostov” muxlislariga uning harakatlari ma’qul kelgan ko‘rinadi. Zero, klubning turli ijtimoi tarmoqlardagi sahifasida hamyurtimizning sha’niga iliq fikrlar aytilgan va unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish lozimligini qayd etib o‘tishmoqda.
“Shomurodov zahiradan o‘yinga yaxshi qo‘shildi. Bayramyanga ajoyib pas uzatdi. Biroq…”
(Sergey Plaxov)
“G‘alaba bilan! Yusupovning o‘yini yaxshi chiqdi. Shomurodovning o‘yinini 45-90 daqiqa ko‘rishni istar edim”(
Petr Shevsov)
“Shomurodovning debyuti amalga oshdi. Bugun uni 5 daqiqa o‘ynatishdi. Kelgusi safar yana o‘yin oxirida tushirish kerak. Ammo 15 daqiqa oldin. Keyinchalik, asta-sekinlik bilan ko‘paytirib borish lozim”
(Alisher Karimov)
“O‘zbek futbolchisiga ko‘proq imkoniyat berish kerak. U bugun 5 daqiqani ajoyib o‘tkazdi”
(Vladimir Kalinin).

Izoh: Mazkur fikrlar "Rostov" klubining "Vkontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasidan olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar