O‘zbekiston Kubogi yarim final ilk bahsidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Nasaf" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Unda 3:1 hisobi qayd etilib “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Marat Bikmaev mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Murod Bobojonov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida Bikmaev o‘zining ikkinchi jamoasining esa uchinchi goliga mualliflik qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Dragan Cheran qarshiliklarni yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, ushbu g‘alabadan so‘ng “Loko” javob uchrashuvi oldidan yaxshigina imkoniyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Kubogi – 2017
Yarim final, ilk uchrashuv
"Lokomotiv" – "Nasaf" 3:1
Gollar: 1:0 – 15 Marat Bikmaev, 2:0 – 46 Murod Bobojonov, 3:0 – 86 Marat Bikmaev, 3:1 – Dragan Cheran 90(+1).
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhammad Kone, Ikrom Aliboyev, Murod Bobojonov (Jaloliddin Masharipov 59), Sherzod Fayziev (Oleg Zoteev 87), Kaxi Maxaradze, Marat Bikmaev, Shuhrat Muhammadiev, Sardor Mirzaev, Sadriddin Abdullaev (Temur Kopadze 60).
"Nasaf": Sanjar Quvvatov, Akmal Shoraxmedov, Azizjon G‘aniev, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farruh Sayfiev, Doniyor Narzullaev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»