UzReport TV telekanali UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyasiya qiladi

UzReport TV telekanali UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyasiya qiladi
UzReport TV telekanali UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyasiya qiladi

UzReport TV telekanali UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyasiya qilish huquqlari paketini sotib oldi. Bu haqda UzReport axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mazkur paket bepul televidenie, internet va mobil aloqa vositalari orqali o‘yinlarni tranlyatsiya qilish, «Highlights», «Magazines» dasturlarini efirga uzatish huquqlarini o‘z ichiga oladi.

2015/2016-yilgi mavsum guruh bosqichi o‘yinlaridan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinadi. Hozirda telekanalda o‘yinlarni sharhlab borish uchun sharhlovchilarni saralab olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni amalga oshirish uchun talab etiladigan texnik uskunalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. UEFA Chempionlar ligasining 2015/2016 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27 avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichining dastlabki o‘yinlari va ularning UzReport TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi esa 15 sentyabrdan boshlanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar