11:02 / 04.08.2017
5 317

Shota Arveladze: Ikkinchi davraga yaxshi tayyorlandik

Shota Arveladze: Ikkinchi davraga yaxshi tayyorlandik
"Paxtakor" bosh murabbiyi Turkiyada o‘tgan yig‘in va "Qizilqum" bilan uchrashuvga hozirlik xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shota ARVELADZE ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Turkiya yig‘inidan qoniqdim. U erda yaxshi sharoitda ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirdik. Yigitlar mashg‘ulotlarda yaxshi ishlashdi. O‘yin tashkil qilish va jamoaviy harakatlarga e’tibor qaratdik. Jismoniy va taktik holatlar ustida mehnat qildik. Hali bu borada ishlashda davom etamiz. Tayyorgarlikdan ko‘nglim to‘ldi.

Nazorat bellashuvlarida turli jihatlar bo‘yicha jamoa imkoniyatlarini tekshirib oldik. Futbolchilarning intilishi menga yoqdi.

Ikkinchi davrani safarda "Qizilqum"ga qarshi o‘yin bilan boshlaymiz. Raqib himoyada tartibli harakat qiladi, qanotlardan xavfli hujumlar uyushtiradi. Tez o‘ynashga intiladigan jamoa. Bizni munosib raqib bilan keskin uchrashuv kutib turibdi.


Manba: www.pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Ikkinchi davraga yaxshi tayyorlandik