
Qachon bizning jamoa mundialga boradi,
Kim aytadi jumboq muddatin yo sababin?
Maqol bor «Tuyaning dumi erga tekkanda»,
Yoki simyog‘ochlarga gulu-barglar bitganda.
-------------------------------------------
Taraqqiyot davriku, erni ko‘tarib asta,
Tekkizaylik tuyaning dumiga bir pasda.
Toksiz qolgan qishloqdagi simyog‘och,
Gulladiku, xijolatdan barglari qiyg‘os.
-------------------------------------------
Javob bering futbolchi, murabbiy-yu, arboblar,
Shu sohada obro‘-mansab topgan mas’ullar.
Nomiga va’da berishdan charchamagan shovvozlar,
Sizdan so‘rar javobin yurtin suygan muxlislar...
Yahyoxon, Toshkent shahri.
Manba: www.interfutbol.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar