
"Paxtakor"ning uy uchrashuvlariga chiptalarni "Kassa.uz" orqali elektron shaklda xarid qilish imkoniyatiga egasiz.
Klubimiz va "Kassa.uz" o‘rtasidagi kelishuv natijasida ishqibozlar endilikda "Paxtakor"ning uy bellashuvlariga chiptalarni istalgan joyda turgan holda xarid qilish imkoniyatiga egalar.
"Kassa.uz" saytining sport tadbirlari bo‘limida 12 avgust kuni o‘tadigan "Paxtakor" - "Neftchi" o‘yiniga chiptalarni 11, 13, 31, 32, 33, 34 va 35-sektorlar uchun 10 va 20 ming so‘mdan xarid qilishingiz mumkin. Elektron vaucher uchrashuv kuni stadion kassasida chiptaga almashtirib beriladi.
Manba: www.pakhtakor.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar