
«Barselona» futbol klubi himoyachisi Xerard Pike «Real» bilan o‘yindagi mag‘lubiyat (0:2) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, madridliklar kataloniyaliklardan kuchliroq bo‘lgan.
«Raqib juda yuqori bosim o‘tkazdi hamda hisobda tezda oldinga chiqib oldi, albatta, bu jamoaning kayfiyatiga ta’sir qildi. Biz bir-birimizga yaqin bo‘lishimiz hamda oldinga qarab harakatlanishimiz kerak edi. Bu mag‘lubiyatni qabul qilishimiz va Madrid kuchliroq bo‘lganini tan olishimiz darkor.
Bu erda o‘tgan to‘qqiz yil davomida ilk bora «Real»dan yomonroq bo‘lganimizni his etmoqdaman», - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar