«Barselona»dan yirik g‘alaba. Messidan xet-trik

Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan «Barselona» hamda «Espanol» klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 5:1 hisobi qayd etilib, mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, o‘yinining 13-daqiqasida Garsiya mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar javob golini kiritish maqsadida hujumga zo‘r berishdi. Lekin, «Espanol» taym oxiriga qadar himoyada ishonchli o‘ynab kelayotgan edi. Ammo, baribir Leo Messining mahorati raqib himoyasidan zo‘rroq chiqdi va 45-daqiqaga kelib argentinalik futbolchi muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Messining o‘zi Kasilya qo‘rqlayotgan darvozaga ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Pike oradagi farqni oshirdi. 77-daqiqaga kelib, zahiradan maydonga tushgan Pedro hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, nihoyat Messi uchrashuvdagi uchinchi golini kiritdi va yakuniy 5:1 natijasini o‘rnatdi.
Demak, mazkur g‘alaba evaziga «Barsa» 34 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ispaniya chempionati. 14-tur
Barselona – Espanol 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 0:1 – 13 Garsiya, 1:1 – 45 Messi, 2:1 – 50 Messi, 3:1 – 53 Pike, 4:1 – 77 Pedro, 5:1 – 81 Messi.
Barselona – Bravo, Alves, Buskets (Mate, 84), Pike, Alba, Xavi, Maskerano, Rakitich (Inesta, 65), Neymar, Suares (Pedro, 70), Messi.
Espanol – Kasilya, Fuentes, Arbilya, Gonsales, Bertran (Gonsales, 84), Vaskes, Sanches, Kanyas (Moreno, 60), Sevilya, Garsiya, Kaysedo (Stuani, 71).
Ogohlantirishlar: Sevilya (29), Vaskes (52), Gonsales (69), Arbilya (79).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing