
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida “Uch millat kubogi” xalqaro turniri davom etmoqda.
Kecha, 17 avgust kuni O‘zbekiston ayollar termasi musobaqa mezboni Qirg‘izistonga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Lyudmila Karachikning dubli va Lianna Norbekovaning goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki turda Qozog‘istonga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston ayollar termasi 7:0 hisobida zafar quchgandi.
“Uch millat kubogi”
Bishkek, Qirg‘iziston
17 avgust, payshanba
Qirg‘iziston – O‘zbekiston 1:3
Gollar: Ramina Soy (61) – Lianna Norbekova (19), Lyudmila Karachik (59, 70).
O‘zbekiston: Laylo Tilavova, Xolida Dadaboyeva (Nozima Kamoltoyeva, 74), Iroda Turdalieva (Mavluda Munavvarova, 46), Maxfuza Turopova (Shahnoza Qurbonova, 83), Maxliyo Sarikova, Nilufar Qudratova, Maftuna Shoimova, Zumrad Nazarova, Lyudmila Karachik (Diyora Habibullaeva,79), Yulduz Nabieva (Nasiba Xojieva,74), Lianna Norbekova (Umida Zoirova, 59).

Musobaqaning qolgan uchrashuvlari quyidagicha ko‘rinish olgan:
18 avgust, juma
16:30 Qozog‘iston – Qirg‘iziston
19 avgust, shanba
16:30 O‘zbekiston – Qozog‘iston
20 avgust, yakshanba
16:30 O‘zbekiston – Qirg‘iziston “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar