Karlush Keyrush termaga chaqirilmagan Afoninning o‘yinini kuzatdi (foto)

Karlush Keyrush termaga chaqirilmagan Afoninning o‘yinini kuzatdi (foto)
Hozirgina Qozon shahridagi “Qozon-Arena” stadionida Rossiya Premyer-Ligasi 7-turidan o‘rin olgan “Rubin” xamda “Anji” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda mezbonlar yirik – 6:0 hisobidagi g‘alabaga erishdilar. Samvel Babayan tomonidan Qirg‘iziston xamda Xitoyga qarshi bahslar uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatidan joy olmagan Vadim Afonin bugun ham maydonda 90 daqiqa to‘p surdi.

E’tiborlisi, ushbu bahsni kuzatish uchun Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Qozondagi stadionga keldi.
Karlush Keyrush termaga chaqirilmagan Afoninning o‘yinini kuzatdi (foto)
Aftidan, forslar ustozi Sardor Azmunning o‘yinini kuzatish uchun kelgan ko‘rinadi.

Rossiya Premyer-Ligasi. 7-tur

Rubin – Anji 6:0 (3:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 4 Jonatas, 2:0 – 15 Karadeniz, 3:0 – 31 Jonatas, 4:0 – 62 Nabiullin, 5:0 – 85 Mvila, 6:0 – 86 Lestyenn.

Rubin
– Rыjikov, Granat, Sorokin, Kudryashov, Nabiullin (Sigurdsson, 71), Ozdoyev, Mvila, Jemaletdinov (Lestyenn, 66), Karadeniz, Bauer,Jonatas (Azmun, 46).

Anji – Solosin, Tetrashvili, Fibel, Musalov, Bagaev, Karasev (Guliev, 18), Afonin, Yakovlev, Xubulov (Lipartiya, 55), Poluyaxtov, Markelov(Dolgov, 71).

Ogohlantirishlar: Bagaev (10), Bauer (60).


Manba: sports.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar