O‘zbekiston terma jamoasining narxi qancha?

O‘zbekiston terma jamoasining narxi qancha?
Transfermarkt.de portali mamlakatlar termalari futbolchilarining yangi bahosini e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekiston milliy jamoasi ham bor.

Sputnik sobiq ittifoq mamlakatlari termalarining o‘yinchilari haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Har bir jamoaning eng qimmat o‘yinchisi bor. Shuningdek, butun terma ham umumiy narxda baholangan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 20 million yevroga baholangan. Termamizning eng qimmat o‘yinchisi Odil Ahmedovning bahosi 5 million yevroga teng. Keyingi o‘rinlarda Sardor Rashidov (2 million) va Igor Sergeev (1,6 million)lar borishmoqda.

Ukraina 89 million yevrodan oshiqroq turadi. Rossiya esa 103,10 million yevroga baholangan. Ushbu terma jamoaning eng qimmat futbolchisi Fyodor Smolov 12 million, ikkinchi o‘rindagi Igor Akinfeev 11 million yevro turadi. Igor Smolnikov, Denis Glushakov va Dmitriy Polozlar esa 7 milliondan baholanishgan.

Belarus terma jamoasida o‘ynovchi futbolchilarning umumiy bahosi 12,95 million yevroni tashkil qiladi.
Armaniston — 42,60 million yevro.

Ozarbayjon — 11,90 million yevro. Ushbu mamlakat termasida Deniz Yulmaz 1,25 millionga baholanib, birinchi o‘rinda bormoqda. Legioner Richard esa 1,5 million yevro turadi.

Estoniya — 10,23 million yevro.
Litva — 6,9 million yevro.

Qozog‘iston — 15,4 million yevro bo‘lib, Bayyurjan Islomxon (1,8 million) eng qimmat futbolchidir. Keyingi o‘rindagi Yuriy Logvinenko va Dmitriy Shomkolar 1,2 milliondan baholanishgan. Uchinchi pog‘onada borayotgan Roman Murtazaevni 1 millionga xarid qilsa bo‘ladi.
Gruziya — 28,3 million yevro.

Qirg‘iziston — 1,48 million yevro. Bu terma eng arzon jamoalardan biridir. Uning eng qimmat futbolchisi Valeriy Kichin 400 ming yevro turadi.
Latviya — 5,95 million yevro.

Tojikiston termasining to‘liq tarkibi 1 million 95 ming yevroga baholangan. Ushbu jamoaning 26 nafar futbolchisi ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsada, ayrimlariga narx belgilanmagan. Umuman olganda, Tojikiston termasining 11 nafar futbolchisi baholangan, xolos.

Turkmaniston milliy jamoasining bahosi 1,53 million yevro. Bu jamoada 750 ming yevro turadigan Ruslan Mingazov eng qimmat hisoblanadi. Artur Gevorkyan 400 ming yevroga baholanib, ikkinchi bo‘lib turibdi.
Moldova — 13,78 million yevro.

Bundan tashqari, saytda jahonning eng qimmat 20ta termasi haqida ham ma’lumot berilgan. Bu borada FIFA reytingiga qarab jamoalar quyidagicha joylashishgan: Germaniya (373,50 million yevro), Braziliya (366,75), Argentina (560), Portugaliya (250,55), Shveytsariya (139,25), Polsha (234,65), Chili (166,90), Kolumbiya (203,05), Fransiya (677,5), Belgiya (546,25).


Manba: interfutbol.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar