Professional faoliyatiga yakun yasagan yamaykalik sprinter, Olimpiya o‘yinlarining sakkiz karra chempioni, dunyoning eng chopqir insoni maqomiga sazovor bo‘lgan Useyn Bolt endi restoranlar biznesi bilan shug‘ullanmoqchi. Sobiq sportchi Buyuk Britaniyada Yamayka oshxonalari tarmog‘ini ochmoqchi.
Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, Bolt hamkorlaridan biri hisoblanadigan Yamaykadagi franchayzing kompaniyasi (Franjam) Buyuk Britaniyada 5 yil ichida 15 restoran ochishni rejalashtirgan.
«Men Yamayka taomlari ta’mini boshqalar bilan bo‘lishishdan mamnun bo‘laman. Bu ta’mni men bilaman va xush ko‘raman, endi dunyoning boshqa nuqtalarida, Buyuk Britaniyada shunday restoranlar ochilishidan xursandman», degan Bolt.
Hozircha u Tumanli Albion aholisiga aynan qanday taomlar taklif etayotgani ma’lum emas. Ammo menyuda sportchi tomonidan ishlab chiqilgan resept bo‘yicha tayyorlangan burgerlar bo‘ladi. Hozircha instagramda taomlardan biri surati joylashtirilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi