O‘zbekiston Futbol federasiyasi xalqaro bo‘limi xodimi Sherzod Igamberdiev «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan postida o‘zbek futbol jurnalistlarini qishloqi, deb haqorat qildi.
Turkmaniston va Qatar terma jamoalari yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazgani haqidagi xabardan iqtibos keltirar ekan, u shunday kinoya qilgan:
«Qatarlik nodon murabbiylar Turkmanistonga qarshi kechagi uchrashuvni yopiq eshiklar ortida o‘tkazishga qaror qilishibdi. Bizning mahalliy qishloqi «jurnalist»larimizdan farqli o‘laroq, ular futbolda baloni ham tushunmaydi», — deb post yozgan O‘FF xodimi.
Sh.Igamberdiev avval ham futbol jurnalistlari FIFAdagi ma’lumotga tayanib, O‘zbekiston MTJ Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi haqida xabar berganida, bu xabarni yolg‘on, tekshirilmagan, deya ularni professional emaslikda ayblab, ijtimoiy tarmoqda tortishgani bilan mashhur bo‘lgan edi. Alal-oqibatda O‘zbekiston aytilgan muddat — 6 iyun kuni Toshkentda Tailand bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgandi.
Post muallifining «jurnalist» so‘zining qo‘shtirnoqqa olishi u hamon futbol jurnalistlarimizni jurnalist emas, deb hisoblashidan darak berib turibdi. Lekin Toshkentda yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan, umummilliy ahamiyatga ega tashkilotda ishlayotgan xodimning «qishloqi» so‘zini ishlatishi hech bir qolipga to‘g‘ri kelmasligi bor gap.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida ertaga «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lishi ma’lum bo‘lgach, bir qator futbol jurnalistlari bu muxlislar manfaatiga zid holat ekanligini ta’kidlab chiqishlar qilishgan edi.
O‘FF rasmiy sayti uchrashuvning bunday maqomda o‘tkazilayotgani FIFA talablari asosida, rahbariyat qarori bilan amalga oshirganini ta’kidlab o‘tgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi