Internetda amerikalik bokschi Floyd Meyuezer va irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor o‘rtasidagi jang uchun chiqarilgan antiqa dizaynga ega chipta videosi paydo bo‘ldi.
Birinchi o‘rta yengil vazn toifasida (69,85 kg gacha) o‘tuvchi ushbu jang 26 avgustda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibiga 1,5 kg oltin, 3360 ta brilliant, 600 ta moviy yoqut va 160 ta zumrad tosh bilan bezalgan kamar topshiriladi.
Avvalroq ma’lum qilinganidek, jang uchun chiptalar narxi 2 mingdan 80 ming yevrogacha turadi. Videoda chipta qo‘lda aylantirilganda jangchilarning bir-biriga yuzma-yuz qarab turgan surati asta-sekin ularning yonma-yon jangovar holatda turgan surati bilan almashishini ko‘rish mumkin.
Meyuezer avgust boshida jang orqasidan kamida 300 mln dollar ishlab topishini aytgandi. Irlandiyalik esa bu jangdan 100 mln dollar ishlab topishi taxmin qilinmoqda.
Darvoqe, Makgregor jang uchun 3 oylik o‘g‘liga kostyum-shim sotib olganini ma’lum qildi. U instagramdagi sahifasida o‘g‘lining bu kostyumda tushgan suratini joylashtirib, “Boss-bola” deb izoh qoldirgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?