22:32 / 26.08.2017
5 528

Xayrulla Hamidovdan yangi loyiha: Oyoqo‘yin!

Xayrulla Hamidovdan yangi loyiha: Oyoqo‘yin!
Taniqli sport jurnalisti Xayrulla Hamidov televideniyega qaytganidan so‘ng, bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda. KUN.UZ tomonidan Youtube videohostingida taqdim etilgan navbatdagi loyihani u so‘z ustasi, qiziqchi Zokir Ochildiyev bilan hamkorlikda tayyorlagan.

Abror Baxtiyorovich rejissyorligi ostida ishlangan dasturning nomi «Oyoqo‘yin» deb ataladi. Sport terminalogiyasiga yangi so‘zni olib kirgan insonlar mazkur loyihada futbolga butkul boshqa tomondan yondoshishgan — achchiq haqiqatlar kulgiga o‘rab taqdim etilgan.

Dasturga moziy afsonasi Birodar Abduraimovning mehmon tariqasida taklif etilgani esa, ko‘rsatuvni yanada boyitgan.

«Oyoqo‘yin» ko‘rsatuvining ilk sonini KUN.UZ Youtube videohostingidaga akkaunti orqali tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidovdan yangi loyiha: Oyoqo‘yin!
ePN