Toshkent vaqti bilan 27 avgust tongida boks muxlislari orziqib kutgan asr jangi bo‘lib o‘tdi. Las-Vegasda yengilmas bokschi Floyd Meyvezer UFC yulduzi Konor MakGregorga qarshi ringga chiqdi. Boks qoidalari asosida bo‘lib o‘tgan bu jangda amerikalik bokschi g‘alabaga erishdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Jangning dastlabki raundlarida irlandiyalik sportchi ustunlikka erishayotgandi. Ammo jangning ikkinchi qismidan boshlab Meyvezer nazoratni o‘z qo‘liga oldi. 10-raundga kelib esa referi texnik nokaut qayd etdi va amerikalik sportchi g‘alabasini ma’lum qildi.
Bu jang uchun Meyvezer 100 million dollar, Makgregor — 30 million dollar ishladi. Bu mablag‘lar sportchilar jangda qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar kafolatlangan mablag‘lardir. Bundan tashqari, g‘alaba uchun bonuslar, shuningdek, chiptalar sotuvi va to‘lovli translyatsiyalardan (pay-per-view) tushgan mablag‘lardan ulushlar va’da qilingan. Buning hisobiga sportchilarning gonorarlari miqdori bir necha barobar o‘sishi mumkin.
40 yoshli Meyvezer shu tariqa professional ringdagi barcha 50 jangida g‘alabaga erishmoqda. U oxirgi marta 2015 yil sentyabrida ringga chiqqan va bokschilik faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qilgandi.
Hozirda 29 yoshda bo‘lgan Makgregor MMAda 24 jang o‘tkazgan va 21 g‘alabaga erishib, 3 marta mag‘lub bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...