«Manchester Siti» mavsum startida 5ta o‘yinda «quruq g‘alaba» qayd etish bo‘yicha «Chelsi» rekordini yangiladi

«Manchester Siti» jamoasi APLning 5-turida «Kristal Pelas»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va o‘zining g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Bu orqali «shaharliklar» o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan holda 5ta g‘alabali o‘yin qayd etishdi. Bundan oldin shunday natijaga Londonning «Chelsi» jamoasi 2005-06 yillar mavsumida erishgandi.
Pellegrini shogirdlari APLning yangi mavsumidagi oldingi 4 tur davomida «Vest Bromvich» (3:0), «Chelsi» (3:0), «Everton» (2:0), «Uotford» (2:0) jamoalari bilan o‘yinlarda «quruq g‘alabalar» qayd etgandi.
Shuningdek, jamoa ketma-ket 6ta o‘yinda gol o‘tkazmaslik bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi. O‘tgan mavsumning oxirgi turida «Sautgempton» jamoasi ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alaba bilan qo‘shib hisoblaganda jamoaning "quruq seriyasi" 6ta o‘yindan iborat bo‘lib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing