
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbek bokschilari zafarli yurishlarini davom ettirmoqda.
Bugungi bellashuvlarni vakillarimiz orasida dastlab Rio Olimpiadasi g‘olibi hamda ikki karra Osiyo chempioni Hasanboy Do‘smatov (49 kg) boshlab berdi.
Hamyurtimiz chorak finalda Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatining yarim finalida to‘qnash kelgan hindistonlik Amitga qarsh o‘tkazdi. O‘sha musobaqada bo‘lgani kabi bokschimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va birinchilardan bo‘lib musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar