22:20 / 30.08.2017
5 879

Xayrulla Hamidov: Xitoy - O‘zbekiston bahsini Dilshod To‘xtabekov bilan birga sharhlaymiz

Xayrulla Hamidov: Xitoy - O‘zbekiston bahsini Dilshod To‘xtabekov bilan birga sharhlaymiz
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashi doirasida Xitoyga qarshi muhim o‘yinda maydonga tushadi.
Sport TV ushbu bahsni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilishni rejalashtirgan. Uchrashuvni taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov va Dilshod To‘xtabekovlar sharhlar boradi. Xayrulla Hamidov translyatsiya borasida Uff.uz sayti savollariga javob qaytardi.

"Uchrashuvni hamkasbim Dilshod To‘xtabekov bilan birga sharhlab boramiz. Translyatsiya 17.00da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Ammo terma jamoa muxlislarini Sport TV'ga ertaroq taklif etamiz. Telekanalda soat 16.00dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda mutaxassislar ishtirokida muloqot tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda o‘yin bilan bog‘liq turli ma’lumotlar bilan birga mutaxassislarning fikri ham berib boriladi", - deydi Xayrulla Hamidov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov: Xitoy - O‘zbekiston bahsini Dilshod To‘xtabekov bilan birga sharhlaymiz