O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov JCh saralashi doirasida Xitoyga qarshi kechadigan o‘yin oldidan Uff.uz uchun fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Denisov og‘ir jarohatdan yaqinda tuzalgan edi, ammo hozircha himoyachi to‘liq tiklanib ulgurmagan.
- Vitaliy, jarohatdan keyin o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
- Hozircha yuz foiz tayyor emasman. Avvalgi darajamga chiqish uchun ishlamoqdaman. Biroq hali tiklanish jarayonini to‘liq o‘taganim yo‘q.
- Xitoyga kelgunga qadar 12 soat parvoz qildingiz. Charchoq bormi?
- Bor, albatta. Bunaqa parvozdan keyin har qanday odam charchashi aniq. Lekin o‘yinga qadar tiklanib, o‘zimizga kelib olishimizga ishonaman.
- Jamoadagi kayfiyat qanday?
- Kayfiyatni ko‘tarishga harakat qilyapmiz. Qaysidir vaziyatda hazillashyapmiz, yana qayerdadir esa o‘zaro suhbatlashib, jangovar kayfiyatni ushlab turishga intilyapmiz.
- Xitoy terma jamoasi haqida nima deya olasiz? Kuchli va kuchsiz jihatlari haqida fikr bildirsangiz.
- Xitoy bilan bo‘lgan so‘ngi o‘yinimizda so‘ng ularda o‘zgarishlar katta bo‘lgan. Murabbiy almashdi, hali nazariy mashg‘ulotlar vaqtida raqibni yanada ko‘proq o‘rganamiz. Bosh murabbiy raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida bizga qo‘shimcha ma’lumotlar beradi.
- Xitoy bilan bo‘ladigan o‘yinda bizga nima halal berishi mumkin?
- Bizga faqat o‘zimizga o‘zimiz halal berishimiz mumkin. Aslida guruhda istalgan raqibga qarshi o‘ynash mumkin va buni isbotlab berganmiz. Ammo qaysidir vaziyatda xatolar pand berdi. Har qanday odam xato qiladi. Shunday ekan, biz faqat o‘zimizga o‘zimiz halal berishimiz mumkin. Boshqa to‘siq ko‘rmayapman.
- Xitoy chempionati kuchaygani muxlislarni tashvishga solmoqda. Bu yerda kuchli futbolchilar va murabbiylar ishlamoqda...
- Yo‘q, klublardagi o‘zgarishlar bilan terma jamoa birdan kuchayib ketmaydi. To‘g‘ri, Xitoy klublari katta pul sarflab yulduz futbolchilarni olib kelmoqda. Dunyo darajasidagi o‘yinchilarning kelishi terma jamoa futbolchilariga ham ta’sir o‘tkazadi, albatta. Yulduzlar bilan mashg‘ulot o‘taganingda ulardan o‘rnak olishga harakat qilasan. Ammo terma jamoa baribir boshqa olam. Bu yerda bir jamoa sifatida birlasha olish lozim. Umid qilamanki ertaga bo‘ladigan o‘yinda biz birdamroq ekanimizni isbotlay olamiz.
- Xitoyga qarshi kechadigan o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyormisiz?
- Hozircha bu haqida aniq bir narsa deya olmayman. Hammasini bosh murabbiy hal qiladi. Samvel Babayan bilan gaplashib oldik. Menimcha tarkibni aniqlash oldidan yana shunday suhbat bo‘ladi. Agar asosiy tarkibda o‘ynashga 100 foiz tayyor bo‘lsam, albatta maydonga tushaman. Ammo asosiy tarkibda o‘ynaymanmi, zaxiradan maydonga tushamanmi yoki zaxirada qolamanmi, har qanday holatda ham jamoaga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda