
Bugun Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati yarim final bellashuvlariga start berildi.
Ushbu musobaqaning eng yengil vazn toifasida (49 kg) ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov navbatdagi jangini Rio-2016 finalidagi raqibi kolumbiyalik Yuberjen Martinesga qarshi o‘tkazdi.
O‘ziga xos ushbu revansh jangida hamyurtimiz katta ustunlik bilan raqibini mag‘lub etdi - 5:0.
Shu tariqa, Hasanboy ushbu jahon birinchiligida final chiqqan ilk o‘zbekistonlik bokschiga aylandi.
Endi bokschimiz kubalik Yoanis Argilagos bilan oltin medal uchun bahs olib boradi.
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar