Odatda, biron bir sohada yoki biznesda odamlarning ishi yurishmasa - ularning aqllilari do‘ppini olib qo‘yib, sekin mulohaza qiladi. Ular o‘zlariga to‘g‘ri savollarni berishni boshlashadi.
Men kimni ranjitib qo‘ydim? Qayerda kimnidir nohaq nonini yedim? Qayerda foydani bo‘lishayotganda ochko‘zlik qildim? Kimni nohaq ranjitdim? Qayerda g‘irrom o‘yin qildim? va hokazo ...
Keyin o‘sha aqlli odamlar xatosini topishadi va zudlik bilan chora ko‘rishadi. Natijada Yaratgan ham ularga in’om beradi, qo‘llab-quvvatlaydi. Tushinmaganlar esa, bankrot bo‘ladi, ishdan haydaladi, oilasidan ajraladi...
Buni qarangki, futbolda ham xuddi shunaqa ekan. Qayerdadir nopoklik bor ...
Nechanchi marotaba bizga imkon berilyapti-a? Nega taqdir bizni avvalgi o‘yinlardayoq masalamizni hal qilib qo‘ymayapti? Mayli, yomon tomonga bo‘lsa ham.
Nega hammasini oxirgi o‘yinlargacha yetkazyapti? Nega nafrat ila asablarni boy berib, oxirigacha kutishimiz kerak? Buni faqat Allohning o‘zi biladi. Biz esa, undan foydalana olmayapmiz, doimgidek.
Bugungi o‘yinda Babayan ochiqdan ochiq ko‘plab xatolarni qildi.
Uning birinchi xatosi - boshidan hujumga Igor Sergeyevni qo‘ydi. Babayanning ikkinchi xatosi - Islom To‘xtaxo‘jayevni katta o‘yinda o‘ng qanotda tushirdi. Tuppa tuzuk Akmal Shorahmedov bor edi, uni tushirmadi. To‘xtaxo‘jayev markazda Anzur bilan o‘ynashi kerak edi.
Babayanning uchinchi xatosi - zaxiraga futbolchilarni kech almashtirdi. 60-daqiqadayoq ishni boshlashi kerak edi. Aziz Haydarov avvalroq o‘yinga tushishi lozim edi.
Uning to‘rtinchi xatosi - Temirxo‘ja Abduxoliqovga imkon bermadi. U bu safar ham o‘yinni uncha o‘qiy olmadi.
Xullas, poyezd ketib bo‘ldi, bu gaplarga endi hojat yo‘q. Endi nima qilamiz, savoliga oydinlik kiritish kerak.
Bir narsa aniq: futbolchilar ruhan tamom bo‘lishdi. Ular o‘zlariga kelishlariga endi ancha vaqt kerak. 5 sentyabrgacha ruhan o‘zlariga kelib olish qiyin bo‘ladi. Ishni shundan boshlash kerak.
Keyin esa, Babayan va uning murabbiylar shtabiga to‘g‘ri tarkibni tanlashda yordamlashish kerak, agar buni iloji bo‘lsa. Birgina Nesterovning o‘zi bosh murabbiyimizning 2 yildan beri qilib kelayotgan noto‘g‘ri taktikasini isbotlab berdi.
Aftidan, Toshkentdagi o‘yinda ham ijobiy natija ololmaymiz. Bu murabbiylar bilan muvaffaqqiyatga erisha olmasligimiz oynadek ravshan.
Bizni faqat futbolchilar qutqara olishadi.
Ha, endi bizni faqat futbolchilar qutqara oladi. Boshqa hech kim. Agar Ahmedov, Haydarov, Denisov, Jeparov va Nesterovlar birlashib, jamoani yakdil qila olsa, koreyslarni yutish mumkin. Boshqa hech narsa bizni qutqara olmaydi, hatto hakamni sotib olsak ham.
Hozir Babayanning iste’fosini talab qilish yechim emas. Oldimizda bitta yo‘l bor - futbolchilarni tezroq "koma"dan chiqarish kerak.
To‘g‘ri, bu bilan ahvolimiz yaxshilanib qolmaydi. Oxirgi turda Eron AQShning siyosiy bosimi bilan Suriyaga yutqazib bersa - hammasi tamom bo‘ladi. Unda hech narsa qila olmaymiz. O‘tish o‘yinlarida narigi guruhdagi arablar bizni "yevorishadi".
Shu o‘rinda darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidovga tassannolarni aytish joiz: U Nesterovni ortga qaytardi va umid uchqunlarini yoqdi.
Lekin, poyezdimiz tajribasiz mashinist bilan qorong‘ulik tomon ildamlamoqda ...
Azizxon Akbarov
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar