«Barselona» prezidentligi uchun sobiq nomzodlardan biri Augusti Benedito Jozep Bartomeu boshchiligidagi kataloniyaliklarning bugungi rahbariyatiga qarshi ishonchsizlik votumi e’lon qilish uchun imzo to‘plamoqda. Bu haqda «Marca» nashriga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Benedito bugun klub ofisiga kelgan va buning uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plab ketgan.
Ishonchsizlik votumi joriy qilish uchun Beneditoga 16 ming imzo yig‘ishi kerak bo‘ladi. U bu ishni «Barselona»ning uy uchrashuvlari bo‘lgan «Espanol», «Yuventus» va «Eybar»ga qarshi o‘yinlarda amalga oshirishni ko‘zlab turibdi.
«Bartomeu iste’foga chiqishi kerak. Jamoada sodir bo‘layotgan barcha voqealar uning izmidan chiqib ketdi. U boshqaruv nazoratini butunlay yo‘qotib qo‘ydi. Hozirda klubning boshqaruv tizimida jiddiy inqiroz kuzatilmoqda.
O‘ylashimcha, kamida 40 yoki 50 klub a’zolari bu borada bizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lib turibdi», – deya ta’kidlagan Benedito. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar