13:30 / 02.09.2017
5 020

Gamburg-2017: Finalchilar soni bo‘yicha qozog‘istonliklarni ortda qoldirdik!

Gamburg-2017: Finalchilar soni bo‘yicha qozog‘istonliklarni ortda qoldirdik!
Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati ham tobora poyoniga yetib bormoqda. Bugun ushbu turnirning final janglari bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasidan ishtirok etgan 10 nafar bokschimizning 4 tasi xali qiluvchi raundga yetib kelishdi. Bular Hasanboy Do‘smatov(49 kg), Jasurbek Latipov(52 kg), Iqboljjon Xoldorov(64 kg), Shahram G‘iyosov(69 kg)lardir.

Qo‘shni Qozog‘istondan esa 3 nafar bokschi oltin medal uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Bular Qayrat Yeraliyev(56 kg), Ablayxan Amanqul(75 kg) va Qamshibek Konkabayev(+91 kg)lardir.

Kuba terma jamoasining naqd 7 nafar(!) bokschisi bugun finalda ringga chiqadi. Shularning 4 tasi esa bizning bokschilar bilan “hisob-kitob” qiladi. Kuba terma jamoasidan Yoanis Argilagos(49 kg), Yosbani Veitia(52 kg), Lazaro Alvares Estrada(60kg), Endi Krus Gomes(64 kg), Roniel Iglesias(69 kg), Xulio La Kruz(81 kg) va Erislandi Savonlar oltin medal uchun bahs yuritishadi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gamburg-2017: Finalchilar soni bo‘yicha qozog‘istonliklarni ortda qoldirdik!