14:32 / 02.09.2017
4 435

Dunyoning ba’zi mamlakatlariga oid hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlar…

Dunyoning ba’zi mamlakatlariga oid hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlar…
Janubiy Koreya dunyodagi eng tezkor internetga ega.
Bu mamlakat odamlari hayotini internetsiz tasavvur eta olmaydi. Yonida WI-FI-router bo‘lsa bas, ularga boshqa koshonaning zarurati yo‘q. «Opel Signal» hisob-kitoblariga ko‘ra, Janubiy Koreyada 4G tizimi mamlakatning 95, 7 foiz qismigacha a’lo darajadagi tezlikda yetib borgan. Bu bilan Janubiy Koreya Gongkong va Yaponiyani allaqachon ortda qoldirgan.

Maldiv ajrashishlar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Haqiqatan, yiliga er-xotinlar ajrashishi rekord darajani tashkil etadi. Aytishlaricha, bu yerda qizlar hali o‘ttiz yoshga yetmay, uch-to‘rt marotaba turmushga chiqishga ulguradi. Bunga Maldivada yoshlar juda erta turmush qurishi sabab bo‘lmoqda. Afsuski, qizlarni bu mamlakatda 12-13 yoshdayoq turmushga uzatishadi. U 20 yoshga yetib-yetmay ajrashishga majbur bo‘ladi. Chunki oilaviy hayot aravasini tortib ketolmaslik oilalar buzilishiga sababchi bo‘ladi.

Myanma hotamtoylar mamlakati.
Myanma dunyodagi eng qashshoq mamlakat sanaladi. Ammo odamlari hotamtoylikda dunyodagi manaman degan davlatlar fuqarolarini ortda qoldiradi. Aholining 91 foizi o‘zlaridan ko‘ra kambag‘al oilalarga yordam qo‘lini cho‘zadi, 62 foizi ko‘chadagi o‘zi tanimagan odamlarni pul bilan siylaydi. 55 foiz aholi esa qashshoqlarga moddiy ko‘mak berish bo‘yicha ko‘ngillilar otryadlari a’zosi hisoblanadi. Aytishmoqdaki, Myanmada asosan buddizm vakillari yashaydi va ular zoriqqan, och-nahor fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatishni sharaf deb biladi.

Bangladeshda odamlar deyarli go‘sht yemaydi.
Ha, rostdan ham Bangladeshda odamlar go‘sht yemaslikni, yesa ham juda kam iste’molni ma’qul ko‘radi. Bangladesh odamlari bir yilda nari borsa, 4 kilogramm go‘sht iste’mol qilarkan.

Surinam — o‘rmonlar mamlakati.
Janubiy Amerikaning shimoli-sharqida joylashgan Surinam respublikasining 95 foiz qismi o‘rmonlardan iborat. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hayotida bir marta bo‘lsin haqiqiy qalin o‘rmonlardan iborat davlatda yashab ko‘rishni xohlovchilar albatta Surinamga yo‘l olishadi.

Venesuelada benzin dahshatli darajada arzon.
Ha, bu mamlakatda benzin deyarli suvtekinga beriladi. Bu yerda bir litr benzin bor-yo‘g‘i 1 sent turadi. Bundan tashqari, mamlakatda jahonning eng go‘zal qizlari yashaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, «Dunyo go‘zali» xalqaro tanlov tarixida venesuelalik qizlar olti marta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Meksika dunyodagi eng mehnatsevarlar mamlakati.
Bu yerda odamlar kuniga kamida 12 soatlab ishlaydi, ish vaqtida tushlik qilmaydi. Mamlakatda rasmiy bayramlar atigi 7 tani tashkil etadi. Lekin meksikaliklar bayramda ham ishlashni, pul topishni ma’qul ko‘radi.


Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning ba’zi mamlakatlariga oid hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlar…