Joriy yilning 2 sentyabr kuni Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha turli xil vazn toifasida jahon chempionati musobaqasi yakuniga yetdi.
Unda O‘zbekistondan 10 nafar bokschi ishtirok etdi va ularning 4 nafari Hasanboy Do‘smatov, Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Shahram G‘iyosovlar musobaqaning final bosqichiga yetib borishdi.
Shahram G‘iyosovdan tashqari finalga chiqqan barcha o‘zbekistonlik bokschilar kubalik raqiblariga mag‘lub bo‘lib, musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘lishgandi.
Shahram G‘iyosov esa final jangida kubalik bokschi Roniel Iglesiasga qarshi ringga ko‘tarilib, jangni 5:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va -69 kg. vazn toifasida jahon chempioniga aylangandi.
“AIBA” boks federatsiyasi kecha, 5 sentyabr kunidan boshlab, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida musobaqada ishtirok etgan eng yaxshi bokschi nomini aniqlash maqsadida so‘rovnomani ishga tushirdi.
E’tiborlisi, ushbu so‘rovnomaga O‘zbekiston sharafini himoya qilgan bokschi Shahram G‘iyosov ham kiritildi.
So‘rovnomada g‘olib bo‘lish uchun G‘iyosovdan tashqari Xulio Sezar la Kruz (Kuba), Aleksandr Kijnyak (Ukraina) va Sofian Oumixa (Fransiya) kabi bokschilar nomzodlari keltirib o‘tilgandi.
Quvonarlisi, bugun, 6 sentyabr kuni “AIBA” boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan so‘rovnoma yakuniga yetdi. Unda Shahram G‘iyosov 56 foiz ovoz to‘plab, Gamburgda o‘tgan jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi sifatida e’tirof etildi.
Shu tariqa, Shahram G‘iyosovga o‘z vazni toifasida ham chempion va musobaqada eng yaxshi bokschi bo‘lish kabi sovrinlar nasib yetdi.
Tahririyatimiz nomidan Shahramning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz!
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi