Iqtisod fanlari nomzodi, «Huquqiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash xalqaro fondi» vitse-prezidenti Alisher Aminov Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston futbolidagi muammolar va bevosita mamlakat futbol federatsiyasidagi kamchiliklar to‘g‘risida prezentatsiya qildi.
Aminovning qayd etishicha, O‘FF prezidentligi uchun saylovlar shaffof ruhda o‘tmaydi. Aslida esa bunday saylovlar oldidan debatlar o‘tkazilishi, raqobat bo‘lishi, prezidentlikka nomzodlarning ish dasturi muhokama qilinishi kerak. Ammo O‘FFda bunday emas.
Futbolning asosiy bo‘g‘inlarini muammo nimada ekanini aniq tushunib yetmaydigan kishilar boshqarishi prezentatsiyada qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, O‘FF jamoatchilik va mass-media uchun yopiqligicha qolmoqda.
Futboldagi natijalarning yildan yilga yomonlashib borayotgani tizimli ahamiyatga ega. Chunki O‘FF futbolning asosiy sub’ektlarini inkor qiladi, murabbiylar, futbolchilar, hakamlar yirik qarorlar qabul qilishda asosiy rolni o‘ynamaydi. O‘FF prezidentlarining har safar davlat amaldorlari orasidan tanlab olinishi ham to‘g‘ri yo‘l emas.
Bunga qadar O‘FF prezidenti sifatida ishlagan Atxambek Fozilbekov, Abdulhoshim Mutalov, Zokir Almatov va ayni paytdagi prezident Mirabror Usmonovlarning barchasi davlat amaldorlari hisoblanadi, deyilgan prezentatsiyada.
O‘FF saylovi yana 5 kundan keyin — 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Biroq jamoatchilik nomzodlar kim ekani borasida umuman ma’lumotga ega emas.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi