«O‘zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va dunyo tajribasi» konferensiyasi ishtirokchilari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, davlat maslahatchisi Ahmadxo‘ja Yunusxo‘jayev, jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Alisher Sultonov va O‘zbekiston futbol federatsiyasi a’zolari nomiga rezolyutsiya qabul qilishdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Rezolyutsiyada qayd etilishicha, 7 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va dunyo tajribasi» konferensiyasida mamlakatda sportni boshqaruv, xususan, O‘zbekiston futbol federatsiyasi, professional va bolalar-o‘smirlar futboliga oid masalalar muhokama qilingan.
«O‘zbekistonda futbol muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga mutlaqo ishonchimiz komil. Biroq futbolni boshqaruvdagi tizimli muammolar, rivojlanish dasturining mavjud emasligi futbol og‘ir inqirozga uchrashiga olib keldi va zudlik bilan chora ko‘rilmasa, uzoq yillar davomida jahon maydonlarida ham milliy terma jamoalar, ham klub futboli darajasida raqobat qilish qobiliyatidan mosuvo bo‘linadi», deyiladi rezolyutsiyada.
Inqirozli holatlarni bartaraf etish va O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida murojaat qiluvchilar O‘zbekiston prezidenti huzurida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha kengash tuzishni, 2018–2023 yillarda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha davlat maqsadli dasturini ishlab chiqishni taklif etishgan.
Rezolyutsiyada bayon etilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmagani O‘FFning asl faoliyati qanday holatda ekanini ko‘rsatib beradi.
«2017 yil 12 sentyabr kuni yangi prezidentni saylash bo‘yicha O‘FF konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ammo O‘FF prezidentligiga saylovlar keng futbol jamoatchiligi ishtirokisiz, nomzodlarning saylovoldi dasturlari muhokama qilinmasdan yopiq tarzda o‘tkazilishi o‘zbek futbolidagi islohotlar va uning istiqboli borasida xavotir uyg‘otadi.
Yuzaga kelgan vaziyatda O‘FF prezidentligiga saylovlar o‘tkazish muddatini ortga surish va saylovlarni FIFA saylov reglamenti talablariga muvofiq, demokratik asosda o‘tkazish zarur, deb hisoblaymiz», deyiladi rezolyutsiyada.
Rezolyutsiyaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Birodar Abduraimov, «Paxtakor» faxriylari Vyacheslav Soloxo, Nikolay Lyubarsev, 2007 yili Osiyoning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan Rauf Iniliyev, O‘zbekiston futbol federatsiyasining birinchi prezidenti bo‘lgan Elmar Aminov, futbol faxriylari Andrey Fyodorov, Azamat Abduraimov, «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Miklyayev va futbolchi Timur Kopadze imzo chekishgan.
Eslatib o‘tamiz, FIFA prinsiplariga ko‘ra davlat va mamlakat hukumati futbol federatsiyasi faoliyatiga, ayniqsa, saylov jarayoniga har qanday ko‘rinishda aralashishi, ta’sir o‘tkazishi mumkin emas. Bunday hollarda FIFA mamlakat futbol federatsiyasiga nisbatan sanksiya qo‘llaydi va mamlakat klublari va terma jamoalarining xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlab qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi