22:48 / 09.09.2017
5 136

Bunyodkordan eksklyuziv reportaj! “Asian Fight–2017” qanday o‘tmoqda?

Bunyodkordan eksklyuziv reportaj! “Asian Fight–2017” qanday o‘tmoqda?
Avvalroq, 9 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight–2017” brendi ostida jang kechasi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Unda 8 nafar o‘zbekistonlik jangchilar Singapur, Afg‘oniston, Rossiya, Hindiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Kipr mamlakatlarining jangchilari bilan kuch sinashishi ma’lum qilingan.

Tadbirga mashhur aktyor va jang san’ati ustasi Jan-Klod Van Damm, MMA jangchilari Jeff Monson va rossiyalik Fyodor Yemelyanenko kabi jahon yulduzlari faxriy mehmon sifatida taklif etilgan edi, biroq Jan-Klod Van Damm salomatligida muammolar yuzaga kelgani uchun uning Toshkentga tashrifi bekor qilindm. Uning o‘rniga amerikalik kinoaktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal tashrif buyurdi.

8 sentyabr kuni Stiven Sigal Toshkentning turli joylarida bo‘ldi.

Bugun, 9 sentyabr kuni soat 18:00 da “Bunyodkor” stadionida turnir boshlandi.

Stadiondan muxbirimiz maxsus reportaj tayyorlab, muxlislarga havola etish niyatida.

Demak boshladik!

Stadion o‘rtasiga ring o‘rnatilgan, atrofida, hakamlarga bo‘lsa kerak, uch tomondan stullar terib chiqilgan. To‘rtinchi tomon uzun yo‘lakli podium.

O‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam xizmatlari shay... Ichki ishlar xodimlari stadion tashqarisida “o‘ta band” bo‘lsa, ichkarida biroz “erkinroq”.

Sport-shousiga yo‘l olgan muxlislarning birinchi taassuroti – “Bunyodkor” stadioni chorrahasi va uning atrofidagi avtomobillar tirbandligidan boshlanadi.

Avtoturargohlarda joy yo‘q hisobi, YPX xodimlari lozim bo‘lmagan joylarga qo‘yib ketilgan avtoulovlar bilan ovvora...

Stadionning kirish qanotlarida ikkinchi - tomoshabinlar “tirbandligi”ni guvohi bo‘lasiz... Bir amallab ichkariga kirgach, tashqaridagi “vahima” birdan yo‘qqa chiqadi!

Birinchisi, mo‘ljaldagi joylarga chiptalar to‘liq sotilmagani uchun stadion o‘rindiqlari joylashgan tepa qavatlar yopiq.

Sababi, chipta olgan va yetib kelolgan muxlislar pastki qatorlarni to‘ldirishi kutilmoqda. Chiptada yozilgan joy o‘rinlariga qarab joylashish yo‘q, muxlislar istalgan joylarini tanlab o‘rnashmokda.

Nihoyat chiroqlar yokilib, Ozodbek Nazarbekovning “Jon, O‘zbekiston” ko‘shig‘i xonandaning o‘zisiz yangray boshladi.

Doirachi yigitlarning badiiy chiqishidan so‘ng ikki nafar boshlovchilar tadbirni ochiq deb e’lon qilishdi. Ular turnirda ishtirok etadigan sportchilarni tanishtirib o‘tdi.

Boshlovchilar rus va o‘zbek tillarida hakamlar bilan tanishtirmokda.

Stadionning ring qarshisidagi tepa qavatlar ham ochildi. Podiumning ikki qanotidagi alohida joylar ham to‘ldi. Dastlabki jang e’lon kilindi.

Turnir tafsilotlarini bizda kuzating.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bunyodkordan eksklyuziv reportaj! “Asian Fight–2017” qanday o‘tmoqda?