
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Halifa O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik maktubini yo‘lladi.
“Hurmatli prezident! O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining bugun bo‘lib o‘tgan konferensiyasida bir ovozdan prezident etib saylanganingiz bilan tabriklayman.
Sizning prezident etib saylanganingiz O‘zbekiston futbol oilasining sizga bo‘gan sadoqati va ishonchi namunasidir.
Ishonamanki, siz mamlakatingizda futbol rivoji uchun sezilarli hissa qo‘sha olasiz. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun men va OFK sizni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor.
Siz bilan yaqin kelajakda ko‘rishamiz degan umiddaman”, – deyiladi OFK prezidenti maktubida.
Manba: www.the-uff.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar