
Bugundan JCh-2018 musobaqasi chiptalari savdosining birinchi bosqichi boshlandi.
12 oktyabr kuniga qadar ishqibozlar chiptalarga buyurtma berishlari mumkin. Agar kelib tushgan arizalar soni mavjud o‘rinlar sonidan ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, u holda chiptalar qur’a orqali o‘z egalarini topadi.
Birinchi bosqichning ikkinchi davri 16-28 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kunlarda chiptalar “jonli navbat” tizimida sotiladi.
1 dekabrda JCh-2018 turniriga qur’a tashlanadi va shundan so‘ng chiptalar sotuvining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqich ham tasodifiy qur’a (5 dekabrdan 31 yanvargacha) va jonli navbat (13 martdan 3 aprelgacha) davrlarini o‘z ichiga oladi.
Chiptalar sotuvining uchinchi bosqichi 18 apreldan boshlanadi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar