22:42 / 16.09.2017
4 842

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ga imkoniyatni boy berdi

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ga imkoniyatni boy berdi
Bugungi uchrashuvni jarohat sabab Javohir Sidiqov, Jalil Kimsanov va Aleksandr Merzlyakovlar o‘tkazib yuborishadi. Bu yo‘qotishlar esa o‘z so‘zini aytdi.

Uchrashuvni odatdagiyek vakillarimiz shiddatli hujumlar bilan boshlashdi. Dastlabki hujumda raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga keldi. Mehmonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib, xavfni bartaraf etishdi.

13-daqiqada muborakliklar yana bitta xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Xumoyun Murtazoyevning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

16-daqiqada Jamshid Hasanov katta tezlikda ketatgan pallada raqiblar uni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Jarima to‘pidan esa samara keltira olmadik.

25-daqiqada burchakdan oshirlgan to‘pdan keyin futbolchilarimiz raqib darvozasini ishg‘ol etishga juda yaqin kelishdi. So‘nggi pallada himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi.

30-daqiqa jamoamiz uchun omadsiz keldi. Nikita Pavlenko himoyamizdagi xatodan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

36-daqiqada raqiblarimiz ikkinchi bor darvozamizni aniq nishonga olishdi. Abdullox Olimovning oshirib bergan to‘pini Xumoyun Murtazoyev boshi bilan darvozaga bexato yo‘lladi – 0:2.

40-daqiqada futbolchilarimiz hisobni qisqartirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishgan edi. Filip Rayevatsning boshi bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida to‘pi qo‘l bilan to‘xtatib qolishdi. Natijadabosh hakam Ravshan Ermatov muborakliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirdi – 1:2.

Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi. Ikkinchi taym boshida jamoamizda ikkita o‘zgarish yuz berdi. 50-daqiqada futbolchilarimiz jarima to‘pini tepish huquqiga ega bo‘lishdi.

Murod Xolmuhammedov tepgan to‘pni mehmonlar posboni arang qaytarib qoldi. 53-daqiqada Jamshid Hasanovning jarima maydonchasiga oshirib bergan to‘pini Filip Rayevatsning akrobatik uslubida bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

64-daqiqa o‘tib boratgan pallada Nikita Pavlenkoning kuchli zarbasi uchinchi marta darvozamizdan o‘rin oldi – 1:3.

87-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev hisobni qisqartirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Xumoyun Murtazoyev hisobni 2:4ga keltirib qo‘ydi.

Vaziyatlardan foydalana olmaslik oqibatida ikkinchi davrada o‘z maydonimizdagi birinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldik.

Jamoamizning navbatdagi o‘yini 22 sentyabr kuni Bekobodda “Metallurg”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Oliy liga, 21-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Mash’al» (Muborak) – 2:4 (1:2)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

Gollar: Murod Xolmuhammedov 45 pen, Quvondiq Ro‘ziyev -87 – Nikita Pavlenko-30, 64, Xumoyun Murtazoyev-36, 90.

«Qo‘qon-1912»: 13. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 14. Doniyor Hasanov (4. Bahodir Akramov-46), 19. Suhrob Berdiyev (11. Andrey Sidorov-70), 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov, 98. Xushnudbek Avilov (17. Avaz Mamatxo‘jayev-46), 99. Filip Rayevats.

«Mash’al»: 35. Javohir Ilyosov, 6. Sardor Abduraimov (22. Bobur Qosimov-84), 10. Xumoyun Murtazoyev, 13. Shahzod Shaymanov, 18. Abbos Shodmonov, 23. Kenja To‘rayev (19. Zohir Qo‘ziboyev-58), 27. Nikita Pavlenko, 31. Igor Tыmonyuk, 44. Asil Begimqulov, 55. Avaz Agaliyev, 77. Abdullox Olimov (2. Iskandar Shoyqulov-61).

Manba: www.kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ga imkoniyatni boy berdi