Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17 sentyabr kuni Turkmanistonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Yesinmirat Orazgeldiyev kutib olgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 17 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Ashxobod Olimpiya stadioniga tashrif buyurdi. 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan inshootga ko‘plab mamlakatlardan kelgan davlat va hukumat rahbarlari, Osiyo olimpiya kengashi rahbariyati, faxriy mehmonlar, minglab sport ishqibozlari to‘plandi.
Ushbu tadbirning ochilish marosimida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Osiyo o‘yinlarini rasman ochiq deb e’lon qildi.
Undan so‘ng, Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni sport bayrami bilan tabrikladi.
Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida 60 dan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etishi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Ulug‘bek Alimov olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 189 sportchi bo‘lib, ular sportning 20 turi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi