
Farg‘onaning «Neftchi» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Rahbariyat Murod Ismoilovni klubga qaytarishga majbur bo‘ldi.
«Neftchi» matbuot xizmatining xabar berishicha, Murod Ismoilov bosh murabbiy Vadim Abramovga yordam beradi. Bu Abramovning istagi bilan amalga oshib, Ismoilovni o‘z xohishiga ko‘ra olib keldimi yoki rahbariyat shuni talab qildimi — oydinlik kiritilmagan.
Bungacha «Neftchi» Toshkentda «Bunyodkor»dan yengilsa, Vadim Abramov iste’foga chiqarilishi mumkinligi borasida mish-mish aytilgandi. Boisi Karlenovich boshqaruvida Farg‘ona klubi ketma-ket 11 ta uchrashuvda zafar qucha olmadi.
Manba: Daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.