date

Levandovski Evropadagi chempionatlar tarixidagi eng tezkor penta-trik muallifiga aylandi

Levandovski Evropadagi chempionatlar tarixidagi eng tezkor penta-trik muallifiga aylandi

"Bavariya" hujumchisi 22 sentyabr kuni Bundesliganing 5-turi doirasida "Volfsburg"ga qarshi o‘yinda 5ta gol urib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Uning bu penta-triki 9 minut ichida amalga oshirildi va Levandovski Evropadagi chempionatlar tarixidagi eng tezkor penta-trik muallifiga aylandi.

Qayd etish kerakki, Levandovski ushbu o‘yinga zaxiradan qo‘shilgan holda 5ta gol urdi va bunday natijani hali hech bir futbolchi qayd etmagandi.

Endilikda Levandovski "kuchli to‘rtlik" chempionatlari bo‘yicha eng tezkor ravishda urilgan penta-triklar mualliflari ro‘yxatida ham etakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, La Ligadagi eng tezkor penta-trik muallifi Ladislav Kubale (19 daqiqa ichida 5ta gol, 1952 yil), APLda Jermeyn Defo (26 daqiqa ichida 5ta gol, 2009 yil), A seriyada Miroslav Kloze (39 daqiqa ichida 5ta gol, 2013 yil) hisoblanadi.
[media=https://youtu.be/R9etcjimYN4]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski Evropadagi chempionatlar tarixidagi eng tezkor penta-trik muallifiga aylandi