Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston futzal terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Bugun musobaqaning futzal bahslarida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Ashxobodda davom etayotgan yopiq inshootlar ostidagi Osiyo o‘yinlari chorak finalida Vyetnam terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun musobaqaning futzal bahslarida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chorak finalda Vyetnam terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan o‘zbekistonlik futzalchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va yarim finalga yo‘llanma olishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining gollariga Davron Choriyev hamda Farhod Abdumavlonov mualliflik qilishgan.
Ta’kidlash joiz, Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.
Osiyo o‘yinlari. Ashxobod.
Futzal, Chorak final
Vyetnam - O‘zbekiston 0:2
Gollar: Davron Choriyev(6), Farxad Abdumavlonov(36)
Manba: www.the-uff.com

Izohlar 0
…