
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Toshkent vaqti bilan 19:00da start olgan qarama-qarshilikning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmadi - 3:3
Penaltilar seriyasida esa Bahodir Ahmedov boshliq futzalchilarimiz raqiblariga qaraganda aniqroq harakat qilib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
Endi, finalda vakillarimizga Eron terma jamoasi raqib bo‘ladi.
Ashxobod-2017. Futzal. Yarim final
O‘zbekiston - Yaponiya 3:3 (penaltilar seriyasi 3:2)
Gollar: K.Sviridov 20, D.Abdurahmonov 23, D.Choriyev 35 - Kasho Tamuro 8, K.Shimizu 27, Sh.Xara 34
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar