Uff.uz ushbu tadbirni onlayn tarzda yoritib boradi. Bir necha daqiqalardan so‘ng matbuot anjumani boshlanadi va ushbu sahifa orqali tafsilotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.
Hozircha matbuot anjumani boshlanmadi. Bizga 10.30da boshlanishi va’da qilingan edi, ammo mana 6 daqiqa o‘tdi, tadbir boshlanmayapti
Yo‘q, O‘FFda o‘zgarish bor baribir. Avvalgilardan farqli o‘laroq bu safar nima uchun tadbir kechikayotgani tushuntirildi. O‘FF ijroqo‘mi a’zosi Rustam Qurbonov kechikayotgani uchun boshlanmay turgan ekan.
Hozircha kutyapmiz Mana shu ahvol...
Ular kelishdi Umid Ahmadjonov, Rustam Qurbonov, Murod Aliyev va Oybek Qosimovlar ishtirokida matbuot anjumani boshlandi. Rustam aka nima uchun kechikkanini tushuntirdi va uzr so‘radi. Ashxoboddan qaytayotgan spotchilar bilan bog‘liq tashkilotchiliki ishlari bois kechikkan ekan.
Shundan so‘ng so‘z O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovga berildi.
- Assalom alaykum. Saylovdan buyon o‘tgan vaqt davomida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi va dasur qabul qilindi. O‘FF katta islohotlar ostonasida turibdi. Ustivor masalalar haqida xabar berildi.
1. MTJga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘lib, hozir bu borada ish olib bormoqda.
2. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash boshlanib, yangi qo‘mita tashkil etilmoqda.
3. Urug‘ aymoqchilikka qarshi kurash. Agar darhaqiqat sportchilar oilasi bo‘lsa, marhamat. Ammo bu masala albatta tekshiriladi.
4. Federatsiya ishini shaffoflashtirishdir. Biz uchun xalqning fikri juda muhim. Salbiy taassurotni yo‘qotish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni amalgaoshiramiz.
Shu bilan birga Oliy liga saviyasini ko‘tarish, Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va 2022 yilgi JChda ishtirok etish asosiy vazifalardan. Bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish. Muxlislarning stadionga kelishi uchun zarur sharoitni yaratib berish. Bugun dunyo axborot bilan yashamoqda. U juda muhim omilki, agar to‘xtab qolsa, bo‘shlik yuzaga keladi. Axborotni o‘z vaqtida berish muhim va federatsiya bo‘shliqni yo‘q qilish uchun astoydil ishlaydi. Rejalarimiz uzoq muddatga mo‘ljallangan. Biz xalq bilan muloqotga har doim tayyormiz.
Agar jurnalistlar taklifi bo‘lsa, federatsiya eshiklari har doim ochiq. Shu maqsadda bu tadbirni tashkil etdik. Bunday uchrashuvlar tez tez o‘tkazilishi kerak. Istalgan vaqtda O‘FFga kelib, o‘z taklifingizni berishingiz mumkin. Mana stadionlar huvillab yotibdi. Bu muammoni barchamiz birga hal qilishimiz kerak.
- Terma jamoaning avvalgi salbiy natijalari uchun kim javob beradi?
Rustam Qurbonov: Natija uchun javobni rahbariyat berib bo‘ldi, bo‘shatildi. Yangi rahbariyat esa federatsiyada tekshirish ishlarini olib bormoqda. Hozir nafaqat moliya, balki xodimlar bo‘yicha ham katta ish olib borilmoqda. Yangi rahbariyat jamoasi endi tashkil etilmoqda. Bu borada barcha ish amalga oshirilgach, albatta javob beramiz.
- Sizda uchta vitse prezident bor. Ammo ular boshqa lavozimda ishlaydi va to‘liq vaqtini futbolga bag‘ishlay olmaydi. Shunday ekan, siz xorij safarlarida bo‘lganingizda kim futbolimizni boshqaradi?
Umid Ahmadjonov: Shtatni yangidan ko‘rib chiqmoqdamiz. Shoakmal aka jismoniy tarbiya institutidan to‘liq ketgan. U menga yordam bera oladi. Shuningdek terma jamoaga bosh murabbiy borasida qarorni endi bir kishi qabul qilmaydi. Butun boshli qo‘mita ish olib boradi.
- Syurixdagi safaringizda yoshlar o‘rtasida JCh mezbonligi haqida gap ketdi. Bu borada qanday ma’lumot bera olasiz. Shuningdek MTJ murabbiyligiga nomzodlar haqida nima deya olasiz?
- Biz JCh mezbonligi bo‘yicha FIFAga murojaat qilganmiz. Ayollar va yoshlar futboli bo‘yicha chempionatlar bizda o‘tishi mumkin. Shu bilan birga FIFA kongressiga ham mezbonlik qilishimiz mumkin.
MTJ bosh murabbiyligiga nomzodlar bilan muzokara ketmoqda. Hozir etika jihatidan ularning nomini ayta olmaymiz. Bu haqida aniq ma’lumot paydo bo‘lishi hamono albatta rasmiy xabar beriladi.
- O‘FFda shunday xodimlar ishlaganki, xalq nazdida mutlaqo obro‘yi qolmagan. Masalan Tolibjonov va Magometovlar. Ular bilan birga ishlashga tayyormisiz?
- Bu masalada ish olib borilyapti va xodimlar ko‘rib chiqilyapti. Kimgadir yoqsa yoki yoqmasa ham aytaman, federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi.
- Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash borasida qanday ish olib borilmoqda? Agar jurnalistlar kelishilgan o‘yin haqida gapirsa, darhol fakt talab qilishadi. Ammo kimningdir telefon suhbatini tinglash va fakt yig‘ish jurnalistning vazifasi emas. Bu borada huquq tartibot xodimlari bilan hamkorlikda ish olib borilsa bo‘lmaydimi?
- Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash butun boshli qo‘mita tuziladi. Ularga katta vakolat beriladi. Bu savolga javob tariqasida maxsus shtat tashkil etilgan. Biz kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish uchun juda katta hajmda ish olib boramiz.
Futbolimizni rivojlantirish uchun O‘FF va matbuot birga ish olib borishi lozim. Har qancha muammolar bo‘lsa, marhamat yoritinglar. Hozir muammolar juda ko‘p. Masalan yaqinda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqa olmadi. Marhamat, safarga terma jamoa bilan birga borib, muammolarni ko‘rsatib beringlar. Biz bunga tayyormiz. Jadval asosida har bir nashrdan muxbirlarni jo‘natamiz.
- O‘zbek futbolida tashkilotchilik borasida muammolar hamon mavjud. Masalan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashidan o‘ta olmaganiga sabablardan biri ham shunda. Terma jamoa saralashga ikki kun qolganda yo‘lga chiqdi va Jidda aeroportida Riyodga uchadigan samolyotga kech qolgani bois, 12 soat yo‘l bosib bordi. Boz ustiga o‘yin vaqti jazirama issiqqa belgilanishiga delegatsiya rahbari e’tiroz bildirmagan. Natijada Osiyo chempionati yo‘llanmasi boy berildi. O‘z ishini bilmaydigan va ingliz tilida gaplasha olmaydigan odamlar qachongacha terma jamoalar delegatsiyasiga rahbar bo‘ladi?
- Siz aytgan muammolar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilgan va Dilshod Nuraliyevning bo‘shash haqida arizasi olingan. Biz nafaqat tashkilotchilik, balki terma jamoa tarkibini ham ko‘rib chiqmoqdamiz. Sobiq bosh murabbiy qanday qarorga asosan u yoki bu futbolchini tarkibga olganini surishtiryapmiz. Xorij safarlariga ingliz tilini bilmaydigan xodimlar borishi darhaqiqat noto‘g‘ri. Bundan buyon bunday muammolar ortiq bo‘lmaydi. Oddiy misol, terma jamoada ma’mur lavozimida alohida xodim ishlagan va u har doim federatsiyadan maosh olgan. Ortiq bunday ortiqcha odamlar delegatsiya tarkibida bo‘lmaydi.
Rustam Qurbonov: Bu muammo nafaqat futbolga, balki sportning boshqa turlariga ham tegishli. Shunga o‘xshash voqealar boshqa sport turlarida ham bir necha bor uchragan.
Bu masalalarga birin-ketin to‘xtalamiz, masalan o‘tgan yilda Boks federatsiyasi tarkibi butkul yangilandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. O‘shanda federatsiya raxbaridan tortib murabbiylargacha almashtirildi. Bu holat shuningdek, dzyudo federatsiyasida ham amalga oshirildi. Hozirda sportning turli sohalarida nafaqa yoshida va undan ham o‘tib ketgan kishilar ishlaydi. Qarasangiz bolasidan tortib nevarasigacha o‘sha yerda ildiz otib ketgan. Tajribali rahbarlarga hurmat saqlagan holda shuni aytish mumkinki, hozirda barcha sohalarda shijoatli yoshlarga ishonch bildirishimiz kerak.
- Oliy liga o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilish bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda va bu borada aniq dastur bormi?Translyatsiya borasida shunday yangilik bor, ishga kelganimiz hamono MTRKga murojaat qilganmiz. Shu bilan birga Oliy liga o‘yinlarini internet orqali ko‘rsatishni joriy etganmiz. Bu bilan xorijiy mamlakatlarda yashayotgan va ishlayotgan hamyurtlarimiz uchun Oliy liga o‘yinlarini tomosha qilish imkonini yaratib berganmiz. Bu borada takliflaringiz bo‘lsa marhamat boya aytganimizdek eshiklarimiz barcha uchun ochiq.
Shu bilan matbout anjumaniga yakun yasaldi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi