00:08 / 28.09.2017
3 315

Ahmadjonov: O‘FF eski xodimlarining 90 foizi ishdan ketadi

Ahmadjonov: O‘FF eski xodimlarining 90 foizi ishdan ketadi
Xabaringiz bor, 27 sentyabr kuni O‘FF yangi prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ahmadjonov Futbol federatsiyasining avvalgi ish faoliyatni tanqid ostiga olgan jurnalist savollariga javob qaytardi.

“O‘FFdagi shtatlarni boshidan ko‘rib chiqmoqdamiz. Bu masalada ish olib borilyapti va xodimlar ko‘rib chiqilyapti. Kimgadir yoqsa yoki yoqmasa ham aytaman, federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi.

Shunday holatlarga guvoh bo‘lmoqdamizki, yilda bor-yo‘g‘i 10-15 kun ishlaydi, biroq yil mobaynida maosh olib yuradigan xodimlar bor. Masalan, barcha yoshdagi terma jamoalarning har birida adminstrator lavozimi bo‘lgan. Ular yil bo‘yi nima ish qiladi, noma’lum. Hozirda ushbu shtat yo‘q qilindi”, - deydi Ahmadjonov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ahmadjonov: O‘FF eski xodimlarining 90 foizi ishdan ketadi