O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-turidan o‘rin olgan bugungi uchrashuvlar yakuniga yetdi.
Unda “Nasaf” Qarshida “Qizilqum”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvida mezbonlar so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.
“Nasaf” jamoasining yosh iqtidorli futbolchisi Baxrom Abduraximov birinchi daqiqadayoq hisobni ochishga erishdi, shuningdek, Igor Golban 70-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib, jamoasi g‘alabasiga hissasini qo‘shdi.
“Buxoro” – “Metallurg” uchrashuvida esa umuman boshqacha ssenariy kuzatildi. O‘yinning dastlabki 45 daqiqasida jamoalar faqat yetakchilikni qo‘lga olish uchun kurashishdi.
76 daqiqadag so‘ng uchrashuvning eng kulminatsion daqiqalari boshlandi. Amonov “Buxoro”ning ilk golini urib hisobni ochdi, 84-daqiqada mezbonlar yana bitta golga hisobda oldinga o‘tib olishdi.
Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas bekobodliklar futbolchisi Murod Toshmatov hisobni qisqartirdi va qo‘shib berilgan 4 daqiqaning eng so‘nggi soniyalarida “Metallurg”ning burchakdan oshirilgan to‘pini Ayubxon No‘monov darvozaga joylab qo‘ydi va shu tariqa, jamoasining irodali durang qozonishida katta rol o‘ynadi.
«Buxoro» (Buxoro) – «Metallurg» (Bekobod) 2:2
Gollar: B.Amonov (76), Ergash Ismoilov (84) - Murod Toshmatov (87), Ayubxon Numonov (90+4).
"Buxoro": Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Bahriddin Vahobov, San’at Shixov, Artyom Filiposyan, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Alisher Samatov, Salamat Qutiboyev, Ivan Nagayev, Javohir Qahramonov
Metallurg: Zafar Safayev, Abror Xusinov, Xikmat Xoshimov, Doniyer Odilov, Ayubxon Numonov, Murod Toshmatov, Zoxid Abdullayev, Mirgiyes Sulaymonov, Alisher Ziyevuddinov, Islombek Isokjonov, Jaxongir Abdumuminov.
«Nasaf» (Qarshi) – «Qizilqum» (Navoiy) 2:0
Gol: B.Abdurahimov (1), I.Golban (70).
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev, Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.
“Qizilqum”: Erkin Jabborov, Viktor Grigorev, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Nodirxon Kamolov, Otabek Zokirov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov, Sherali Jo‘rayev, Otabek Isroilov, Akmaljon Baxritdinov.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?