O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Xitoyning Chengdu shahrida bo‘lib o‘tib o‘tgan ATR tasnifidagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Mukofot jamg‘armasi 1 028 855 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir finalida Istomin (ATR reytingida 78-o‘rin) kiprlik Markus Bagdatisga (ATR reytingida 113-o‘rin) qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvning birinchi seti 6 geymida kiprlik sportchi jarohati sabab o‘yinni davom ettira olmadi. Bu vaqtda Istomin geymlar bo‘yicha 3:2 hisobida oldinda borayotgandi.
Turnir rasmiy sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, Denis finalda qozongan g‘alabasi uchun 250 reyting ochkosi hamda 183 435 AQSh dollari mukofot puliga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bu Istominning ATR tasnifidagi turnirlarda qo‘lga kiritgan ikkkinchi g‘alabasi bo‘ldi. U 2015 yilda Londondagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
O‘zbekiston mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar aniqlandi