date

Blatterga Shveysariya hududini tark etish taqiqlab qo‘yildi

Blatterga Shveysariya hududini tark etish taqiqlab qo‘yildi

FIFA prezidenti Yozef Blatter uning faoliyati bilan bog‘liq tergov tugagungacha Shveysariya hududida qolishga majbur.

AS ispan nashrining ma’lum qilishicha, Shveysariya hukumati tergov davom etgunga qadar Blatterga mamlakat tashqarisiga chiqishni taqiqlab qo‘yishga qaror qildi.

Ma’lum qilinishicha, Blatter o‘z vatanini tark etishga qaror qilsa, unda uning qo‘llariga darhol kishan solinadi.

Blatter chetga chiqa olmasligi tufayli ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazib yubordi, klublararo chempionatga qur’a tashlash marosimi esa Tokiodan Syurixga ko‘chirildi.

Qonun vakillarining fikricha, FIFA korrupsion mojarosiga aloqador bo‘lmagan oz miqdordagina yuqori lavozimli amaldorlar qolgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Blatterga Shveysariya hududini tark etish taqiqlab qo‘yildi