Professional ringda o‘nta jangning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev AQShda debyut uchrashuvini o‘tkazishi lozim.
Shohjahon hozir Moskva shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lajak jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mashhur bokschimiz SPORTS.uz axborot portali bilan bog‘lanib, faoliyatiga doir yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.
- Hozir mashg‘ulotlarni kuchaytirdik, - deydi Shohjahon. - Yaqinda Saratovda bo‘ladigan professional boks kechasida qatnashish uchun taklif olganimni aytgandim. Lekin yangilik bo‘lib qoldi. Men 12 oktyabr kuni AQShga uchib ketishim kerak.
Shohjahonning keyingi paytda rejalarini o‘zgartirib yuborgan qo‘lidagi jarohat haqida ham so‘radik.
- Jarohatdan qutildim, - deydi Shohjahon. - Hozir qo‘limda og‘riq yo‘q. Menimcha, endi bu jarohat boshqa bezovta qilmaydi.
Shu o‘rinda, Shohjahon Ergashev mamlakatimizdagi sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi "BUKA" firmasi tomonidan taqdim etilgan sport formalari unga manzur bo‘lganini aytib, ishlab chiqaruvchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi